“Ichan-Qalʼa”dagi 33 ta tarixiy obidaga jiddiy zarar yetayotgani maʼlum qilindi

Saqlash
05:32 / 01.05.2022 1068 0

“Ichan-Qalʼa”dagi 33 ta tarixiy obidaga termitlar jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu haqida Zoologiya instituti direktori Baxtiyor Xolmatov brifingda maʼlum qildi.


Qayd etilishicha, UNESCO muhofazasidagi “Ichan-Qalʼa” tarixiy yodgorlik majmuidagi 33 ta tarixiy obidaning yogʻoch oʻymakorligi ishlanmalariga termitlar jiddiy darajada zarar yetkazmoqda. Jumladan, Juma masjid muzeyi, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Muhammad Inoq va boshqalar termitlardan kuchli, Termiz tumanidagi I-III asrlarga tegishli Buddaviylik ziyoratgohlaridan biri Fayoztepa obidasi hududining 100 foizi zararlangan.


Bundan tashqari, Surxondaryodagi Al Hakim At-Termiziy, Qashqadaryodagi Hazrati Imom masjidi, Navoiydagi Imom Hasan-Husan ziyoratgohi va Qoraqalpogʻiston respublikasidagi Mizdaxkan kompleksi tarixiy obidalarida ham termitlarning zararli faoliyati qayd etilgan.

Maʼlumot oʻrnida, termitlar masalasi dunyo miqyosidagi yirik muammolardan biri hisoblanib, ular tufayli bino va inshootlarga juda katta zarar yetmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, termitlarning har yili keltiradigan zarari dunyo miqyosida 40 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.


Oʻzbekistonda esa termitlarning 2 turi: Turkiston termiti (Anacanthotermes turkestanicus Jacobs) 1904 hamda katta Kaspiy orti termiti (Anacanthotermes ahngerianus Jacobs) tarqalgan. 1904 turlari esa respublikaning deyarli barcha viloyat hududlarida mavjud.


Oʻzbekistonda termitlarning zararli faoliyati yuzasidan olib borilgan monitoring ishlaridan soʻngi maʼlumotlarga koʻra respublika boʻyicha:


- aholi turar joylarida – 18 958 ta holat;

- madaniy-tarixiy obidalarda – 46 ta holat;

- strategik ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarda – 15 ta holat;

- ijtimoiy soha obyektlarida – 98 ta holat;

- dala va choʻl zonalari, qabristonlar va boshqa ochiq joylarda – 1 082 ta maydonlar termitlarning mavjudligi aniqlangan.


Bunda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy, Samarqand viloyatlari termitlardan kuchli zararlangan hududlar hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//