Jamiyat
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida aniqlangan ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekani ma’lum qilindi. Bu haqida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot kotibi Bunyod Abdullayev ma’lum qildi.
Qayd etishicha, 26 aprel kuni tarqalgan ayiq bolasi o‘ldirilgani haqidagi xabar o‘rganilganda, ikkita boshqa-boshqa holat ekanligi aniqlangan.
«Birinchi holat ‘Terakli’ MFY hududida aniqlangan bo‘lib, ayiq bolasi o‘ldirilgan holatga umuman aloqasi yo‘q. Hozirda ona ayiq va uning ikki bolasi tirik ekanligi ma’lum bo‘ldi», – deb yozgan Bunyod Abdullayev.
Ma’lumot uchun, o‘ldirilgan ayiq bolasi bilan bog‘liq holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ichki ishlar organiga o‘tkazilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Madaniyat
Jahon
Siyosat
110903
Jamiyat
94482
Jamiyat
90406
Jamiyat
74370
Jamiyat
//
Izoh yo‘q