Yakshanba kuni ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘adi

Saqlash
15:55 / 08.05.2026 39 0

O‘zgidromet 11-maygacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati +34– +37 daraja atrofida, janubda +39 darajagacha bo‘lgan quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida havo biroz salqinroq bo‘lib, harorat +28– +33 daraja atrofida bo‘ladi.

 

Ertaga, 9-may kuni hududning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzgi harorat barcha joylarda +28– +33 darajagacha pasayadi.

 

10-mayda O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, kunduzi havo harorati +20– +25 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

 

11-mayda Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, kechasi va ertalab Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +2- +3 daraja ko‘tariladi.

 

9-mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 10-11-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha, 9-10-mayda ayrim joylarda ba’zida 23–25 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.

 

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 10-11-mayda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.


Toshkent shahrida 8-9-may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 8-mayda +34– +36 daraja, 9-mayda +30– +32 daraja bo‘ladi. 10-mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi +20– +22 darajada bo‘ladi.

 

11-mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +23– +25 daraja bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi, 9-mayda shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//