Jamiyat
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi, 20 yoshli Madinabonu Abdullayeva Xalqaro malay tili bo‘yicha Malayziya Bosh vaziri musobaqasi g‘olibi bo‘ldi.
21 ta davlatdan 174 nafar ishtirokchi qatnashgan musobaqa bir necha bosqichda o‘tkazilib, birinchi va ikkinchi saralash bosqichlaridan so‘ng 50 nafar eng kuchli ishtirokchi final bosqichiga yo‘l olgan.
Hal qiluvchi bellashuv natijalariga ko‘ra, Madinabonu barcha raqiblarini ortda qoldirib, faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar esa Rossiya va Xitoy vakillariga nasib etgan.
Kuala-Lumpur shahridagi Malayziya turizm markazida o‘tkazilgan tantanali taqdirlash marosimida g‘olibga turnir kubogi, 10 ming Malayziya ringgiti (25–30 million so‘m atrofida) miqdorida pul mukofoti hamda xalqaro sertifikat topshirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Jamiyat
113347
Jamiyat
96081
Jamiyat
93481
Jamiyat
77431
Jamiyat
//
Izoh yo‘q