Jamiyat
Kecha, 10-may kuni kuchli yog‘ingarchilik natijasida Toshkent shahrining 8 ta tumanidagi 23 ta manzildan suv to‘planishi holatlari bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan. Bular:
▪️ Mirzo Ulug‘bek tumani — 6 ta manzil;
▪️ Yashnobod tumani — 3 ta manzil;
▪️ Shayxontohur tumani — 4 ta manzil;
▪️ Mirobod tumani — 3 ta manzil;
▪️ Yakkasaroy tumani — 1 ta manzil;
▪️ Olmazor tumani — 2 ta manzil;
▪️ Chilonzor tumani — 2 ta manzil;
▪️ Yunusobod tumani — 2 ta manzil.
Tegishli xizmatlar ma’lumotiga ko‘ra, 10-may kuni yog‘ingarchilik miqdori 35 mm ni tashkil etgan. Bu miqdorning asosiy qismi ikki soatdan kamroq vaqt ichida yog‘gan bo‘lib, o‘rtacha oylik yog‘ingarchilik me’yorining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.
Taqqoslash uchun, Toshkentdagi mavjud yomg‘ir suvlarini oqizish tizimi bir kecha-kunduzda 20 mm gacha yog‘ingarchilikni qabul qilishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq, tizimning o‘tkazuvchanlik quvvatini bir kecha-kunduzda 36 mm gacha bosqichma-bosqich oshirish ko‘zda tutilgan.
Bundan kelib chiqadiki, eng kuchli yomg‘ir paytida shahar suv oqizish infratuzilmasi bosh rejada nazarda tutilgan istiqboldagi hisob-kitob parametrlariga yaqin bo‘lgan keskin va qisqa muddatli yuklamaga duch kelgan.
Ayrim nuqtalarda kelayotgan suv hajmi bir vaqtning o‘zida mavjud irrigatsiya tarmoqlari va quvurlarning o‘tkazuvchanlik quvvatidan oshib ketgan. Natijada bir qator hududlarda yomg‘ir suvi to‘planib qolgan.
Bundan tashqari, ayrim joylarda quyidagi omillar vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda:
▪️ suv oqizish elementlarining chiqindilar bilan tiqilib qolishi;
▪️ o‘zboshimchalik bilan qurilgan inshootlar;
▪️ ariq va irrigatsiya tizimlarining avtoturargoh yoki boshqa xo‘jalik ehtiyojlari uchun to‘sib qo‘yilishi.
Ta’kidlanishicha, arzimasdek tuyulishi mumkin bo‘lgan bunday holatlar aslida shaharning butun suv oqizish tizimi faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Xabarga ko‘ra, oqibatlarni zudlik bilan bartaraf etish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, drenaj-kollektor tizimlari, kanallar, kommunal xizmatlar va boshqa tegishli tashkilotlarning mutaxassislari hamda brigadalari jalb etilib, joylarda 60 dan ortiq maxsus texnika ishlagan.
Ko‘rilgan choralar natijasida suv to‘planishi oqibatlari bir soat ichida to‘liq bartaraf etilgan.Har bir manzil bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan vaziyat birlamchi tarzda o‘rganilib, zarur choralar belgilangan. Xususan, quyidagilar ko‘rib chiqilmoqda:
— 5 ta manzilda irrigatsiya tizimini qurish;
— bitta hududni loyihachilar bilan birgalikda qayta o‘rganib chiqish;
— qo‘shimcha 3 ta dyuker o‘rnatish;
— bitta obyektda diametri 800 mm bo‘lgan, boshqa bir qator hududlarda esa diametri 500 mm bo‘lgan quvurlarni o‘rnatish;
— qo‘shimcha nasos agregatlarini o‘rnatish va suv chiqarish quvvatini oshirish;
— 6 ta qo‘shimcha suv qabul qilish panjarasini montaj qilish;
— tizimning ayrim qismlari o‘tkazuvchanlik quvvatini kuchaytirish.
“Ishlar manzilli davom ettiriladi. Asosiy e’tibor yomg‘ir suvlarini chiqarish tizimini bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish, muammoli hududlarning o‘tkazuvchanlik quvvatini oshirish va kelgusida lokal suv toshishi xavfini kamaytirishga qaratiladi”, deyiladi rasmiy axborotda.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112269
Jamiyat
94947
Jamiyat
91058
Jamiyat
75827
Jamiyat
//
Izoh yo‘q