Madaniyat
Oyina.uz portali yangi “Adib xonadonidan sovgʻa” loyihasini boshladi. Oʻzbek shoir-yozuvchilari ijodini oʻquvchilarga yanada yaqindan tanishtirish, kitobxonlikni targʻib qilishni maqsad qilgan ushbu loyiha tanlangan qahramon ijodkorning oʻzidan yoki oila aʼzolaridan dastxatli nodir kitoblarni qoʻlga kiritish imkonini beradi. Buning uchun adib ijodi haqida berilgan qiziqarli savollarga tez va toʻgʻri javob berish talab etiladi, xolos.
Loyiha doirasidagi dastlabki viktorina Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga bagʻishlanib, Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi 52 mingdan ortiq kuzatuvchiga ega “Kitobxonlar davrasi” guruhida oʻtkazildi.
25-aprel kuni Muhammad Yusufning kitoblari, u bilan boʻlgan suhbatlar va shoirning turmush oʻrtogʻidan olingan maʼlumotlar asosida tuzilgan 5 ta savol guruhda 17:00 dan 22:00 ga qadar har soat avvalida berib borildi.
Kitobxonlar oʻrtasida biroz bahsga, biroz tortishuvlarga sabab boʻlgan viktorina yakunida savollarga eng birinchi va toʻgʻri berilgan javoblarga koʻra gʻoliblar aniqlandi:
1-oʻrin. Humoyun Neʼmatov.
2-oʻrin. Mahmuda Valiyeva.
3-oʻrin. Mohigul Qobiljon qizi.
4-oʻrin. Surayyo Norqobilova.
5-oʻrin. Alisher Toirov.
Savollarga boshqa koʻplab ishtirokchilar ham toʻgʻri javob berishdi. Lekin shartimizga koʻra, eng birinchi toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar oʻrinlarga ega boʻlishdi. Gʻoliblar Muhammad Yusufning 68 yillik tavalludiga bagʻishlangan tadbirda shoir xonadonidan taqdim etilgan maxsus kitob va diplomlar bilan taqdirlandi.
Eslatib oʻtamiz, tez kunda loyiha doirasida oyina.uz portalining telegram kanalida Gʻafur Gʻulom ijodiga bagʻishlangan navbatdagi viktorina oʻtkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q