Siyosat
Mamlakatimiz rahbari XVI Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuvda milliy paralimpiya harakatini rivojlantirish uchun qator tashabbuslarni ilgari surdi.
Jumladan, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi qoshida Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash institutini tashkil etish taklifini bildirdi.
Para-sportchilarni muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini oshirish maqsadida ularni Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga biriktirish, maxsus dori-darmon va xalq tabobati vositalari bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
Turizm va sport vaziri hamda viloyat hokimlariga qishki sport turlarini rivojlantirish maqsadida “Amirsoy” tog‘-chang‘i sport majmuasi va “Humo-Arena” muz saroyi bazalarida paralimpiyachilar uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Davlatimiz rahbari para-sport bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarni keng jalb etgan holda, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tarkibida “Matonat maktabi”ni tashkil etishni taklif qildi.
Prezidentimizning farmoniga muvofiq, Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindor bo‘lgan bir guruh paralimpiyachi sportchilarimiz va ularning ustoz-murabbiylari davlatimizning yuksak orden va medallari bilan taqdirlandi.
Tadbir so‘ngida ushbu mukofotlar o‘z egalariga topshirildi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q