Poyezdga tosh otib, 9 yoshli bolaga jarohat yetkazgan shaxs 50 yoshli erkak ekanligi aniqlandi

Saqlash
21:47 / 20.04.2022 746 0

Toshkentdan Andijonga harakatlanib ketayotgan poyezdga tosh otilishidan 9 yoshli bola jarohatlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. «Zamon.uz» nashrining ma’lum qilishicha, poyezdga tosh otgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritilgan.


10 - aprel kuni soat 22:25 da Toshkent—Andijon yo‘nalishida harakatlanayotgan 62-sonli yo‘lovchi poyezdiga noma’lum shaxs tomonidan otilgan tosh 6-vagon oynasini yorib o‘tib, 9 yoshli yo‘lovchining boshiga urilgan. Ushbu voqeadan so‘ng qoidabuzarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. Farg‘ona viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida bu ishni sodir etgan 50 yoshli fuqaro qo‘lga olingan.

 

«Temir yo‘l yoniga baliq ovlagani borgandim va spirtli ichimlik ichganim sabab poyezdga tosh otdim. Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolaning oila a’zolaridan kechirim so‘rayman», — deydi u.

 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//