Yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqmasa, jarimani kim to‘laydi?

Saqlash
17:16 / 20.04.2022 781 0

O‘zbekistonda 1 - maydan boshlab avtomobilning old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchilar xavfsizlik kamarini taqib olishlari shart bo‘ladi. Avvalroq xabar berganimizdek, bu yangilangan Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan.

 

18 - aprel kuni Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida IIV vakili Aziz Rahmatullayev yo‘lovchining o‘zi xavfsizlik kamarini taqmagani uchun jarimani to‘lashini, chunki qoidabuzar uning o‘zi ekanligini aytdi.

 

«Agar yo‘lovchi xavfsizlik kamarini taqmasa, u huquqbuzarlik sub’yekti hisoblanadi. Yo‘lovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilishi ko‘zda tutilgan», — dedi u.

 

Unga ko‘ra, jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining yarmini yoki 135 000 so‘mni tashkil etadi. Xuddi shunday jazo Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 125-moddasi 1-qismiga muvofiq haydovchiga ham nazarda tutilgan. Ushbu kodeksga yo‘lovchilarning javobgarligi bo‘yicha hali o‘zgartirishlar kiritilmagan.

 

Fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yo‘l harakati qoidalari eskirgani va xalqaro standartlardan kelib chiqib, jamoatchilik muhokamasida yangilanishi kerakligini aytgan edi. Biroq, hukumat qoidalarni ko‘p muhokama qilmasdan qabul qildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//