Prezident stipendiyasi har bir OTMga 1 ta beriladigan boʻldi

Saqlash
11:19 / 10.09.2021 1140 0

Prezidentning tegishli farmoni bilan 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston Prezidenti davlat stipendiyasi kvotasi:

tayanch doktoranturada tahsil olayotgan doktorantlar uchun 10 ta;

magistratura bosqichi talabalari uchun 22 ta;

bakalavriat bosqichi talabalari uchun esa har bir OTMga 1 tadan etib belgilandi.

Shuningdek, Qoraqalpogʻistondagi OTMlarda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarga Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq yozuvchisi Toʻlepbergen Qaipbergenov hamda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyalari joriy etildi.

Endilikda Prezident va nomli davlat stipendiyalari davlat OTMlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida tahsil olayotgan hamda respublikada faoliyat yurituvchi xorijiy OTMlarning filiallari va nodavlat oliygohlarning bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham tatbiq etiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//