Siyosat
Jahon banki O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish yo‘lidagi sur’atidan hayratda. Bu haqda JBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi katta iqtisodchisi Pinar Yasar 12-mart kuni EUROUZ Yevropa va O‘zbekiston biznes assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbekiston iqtisodiy sharhi — 2026” tadbirida ma’lum qildi.
“Bundan bir yil avval biz O‘zbekiston 2026 yoki 2027-yillardayoq JST a’zoligiga yaqinlashishini kutmagan edik, biroq so‘nggi bir necha yil ichida juda salmoqli natijalarga erishildi va bu haqiqatan ham hayratlanarli”, – degan u.
Pinar Yasarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning JSTga kirish jarayoni “juda yaxshi” ketmoqda va Jahon banki hukumatga texnik yordam ko‘rsatmoqda. Tashkilotga a’zo bo‘lish muddati 2026-yil bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda JST bo‘yicha bosh muzokarachi Azizbek Urunov O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni mart oyidan kechikishi mumkinligini, chunki ayrim davlatlar hujjatlarni ko‘rib chiqishni kechiktirayotganini ma’lum qilgan edi. O‘tgan yilning oxirida u jarayonning “kutilmagan tarzda sekinlashishi” xavfi borligini qayd etgandi.
“Barcha qiyinchiliklar va global noaniqliklarga qaramay, 2025-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,7 foizli o‘sishni ko‘rsatdi, bu juda yuqori ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga, inflyatsiya sekinlashgani va milliy kambag‘allik darajasi pasaygani kuzatildi”, – dedi Jahon banki vakili.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
111817
Jamiyat
94673
Jamiyat
90666
Jamiyat
75314
Jamiyat
//
Izoh yo‘q