Necha marta bu masala sizlarga tushuntirildi — Prezident ayrim mutasaddilarni tanqid qildi

Saqlash
21:31 / 15.04.2022 798 0
Foto: president.uz

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

 

Unda davlat rahbari eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash choralari kuchaytirilishini aytdi.


Oʻtkazilgan uchrashuvlarda QQSni qaytarishda muammolar borligi aniqlangan. Shu munosabat bilan ularga QQSni qaytarish boʻyicha soddalashtirilgan mexanizm joriy etilib, 80 foiz mablagʻ qoʻshimcha tekshiruvlarsiz 7 kun ichida qaytarib beriladi.


Bundan tashqari, eksportchilarning masalalarini doimiy oʻrganib, ularni tezkorlik bilan hal qilish boʻyicha uzluksiz va doimiy ishlovchi shtab tuziladi, “1094” raqamli koll-markaz tashkil etiladi.


Prezident yer uchastkalarini auksionga chiqarish muammosiga toʻxtaldi.


Masalan, 35 mingta yer uchastkasi elektron tizimga kiritilgani bilan bugungi kunga qadar Navoiy, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida birorta yer uchastkasi auksionga chiqarilmagani koʻrsatib oʻtildi.


Hokimliklar, qurilish va arxitektura idoralari masalaga yuzaki qarayotgani taʼkidlandi. “Necha marta bu masala sizlarga tushuntirildi. Tadbirkorlardan talab katta, lekin, amalda hali natija yoʻq”, deya tanqid qildi davlat rahbari.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//