Tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratiladi

Saqlash
15:04 / 15.04.2022 699 0
Foto: Google

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlangani haqida xabar bergan edik.

 

Yigʻilishda hozirgi murakkab vaziyatda biznes va tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrib chiqilmoqda.


Xizmatlar sohasida avval ajratilib, qaytarilgan 360 milliard soʻm resurslardan bugungi kunga qadar atigi 9 milliard soʻmi (yoki 3 foizi) yangi loyihalariga yoʻnaltirilgani taʼkidlandi.


Xizmatlarni rivojlantirish uchun banklarga joylashtirilgan resurslar boʻyicha avvalgi foiz (10 foiz) stavkalarini oʻzgarishsiz qoldirish topshirildi.


Tadbirkorlik jamgʻarmasining tadbirkorlarga kompensatsiya toʻlovlarini kengaytirish uchun jamgʻarmaga 400 milliard soʻm, keyinchalik yana 500 milliard soʻm yoʻnaltirish vazifasi qoʻyildi.


Bundan tashqari, xizmatlar sohasi uchun Milliy bank tomonidan jalb qilingan 200 million dollar hisobidan tadbirkorlarga 5 milliard soʻmgacha kreditlar ajratiladi. Bunda, kredit stavkasi Tadbirkorlik jamgʻarmasi kompensatsiyasi bilan 18 foizdan oshmaydi.


1-dekabrga qadar yuqorida qayd etilgan mablagʻlar toʻliq tadbirkorlarga berilishi shartligi belgilandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish