Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qoʻydi

Saqlash
22:57 / 14.04.2022 813 0

Yigʻilishda Prezident Oʻzbekistonni mintaqaviy IT markaziga aylantirish vazifasini qoʻydi. Buning uchun:

 

- IT eksportini yil yakuniga qadar kamida 100 million dollarga yetkazish;

 

- ichki IT xizmatlari hajmini yiliga kamida 50 foizga oʻsishini taʼminlash;

 

- joriy yilda qolgan 6 ta hududda ham IT-parklarni toʻliq ishga tushirish va malakali kadrlar taʼminlash, qolganlarida kamida 20 tadan kompaniyalar faoliyatini yoʻlga qoʻyish va 5 ming nafar yoshlarni yuqori daromadli ish bilan taʼminlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Shuningdek, endilikda vazirlik rahbariyati har hafta tumanga, qishloqqa, mahallaga, korxonalarga borib, joylardagi muammolarni oʻrganadi va hal etib boradi.

 

“Axborot texnologiyalari vazirligi nafaqat oʻz tarkibidagi korxonalar bilan, balki barcha tarmoq va hududlarda raqamlashtirish va axborot texnologiyalari bilan bevosita shugʻullanishi shart”, dedi Prezident.

 

Taʼkidlanishicha, har bir vazirlik, idora va hokimlarning ITga masʼul oʻrinbosari AKT vaziriga boʻysunadi, ularning ishi har chorakda aniq natijalarga qarab baholanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//