Jahon
Qozogʻiston Mudofaa vazirligi mamlakatda 9-may kuni harbiy parad oʻtkazilmasligini maʼlum qildi. Bu haqida “Tengrinews” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qozogʻiston hukumati 2020–2021-yillardagi paradni koronavirus bilan bogʻliq vaziyat tufayli bekor qilgan. “2022-yilda Qozogʻiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va 1941–1945-yillardagi Ulugʻ vatan urushidagi Gʻalaba kuniga bagʻishlangan harbiy parad oʻtkazish rejalashtirilmagan”, deyiladi xabarda. Ushbu qarorga nima sabab boʻlgani maʼlum qilinmagan. Biroq mamlakatda 50 ga yaqin harbiy-vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtishi aytilgan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q