Jamiyat
Toshkent davlat yuridik universitetida tegishli ruxsatnoma olinmasdan bino devorlari teshilib, qayd etish taxtachalari oʻrnatilgani va atroflari boʻyalgani, sovitkich (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar oʻrnatilgani sabab oliygohning masʼul rahbari maʼmuriy javobgarlikka tortilgani xabar qilingan edi.
Universitet rektori Facebookdagi shaxsiy sahifasida ushbu xabarni baʼzi mahalliy saytlar buzib talqin qilayotganiga eʼtiroz bildirdi. Taʼkidlanishicha, ushbu holat yuzasidan u jarimaga tortilmagan.
“Kecha “Qalampir.uz”, “Repost.uz”, “Bugun.uz” kabi internet nashrlar va ayrim ijtimoiy tarmoqdagi kanallar “TDYUU rektori javobgarlikka tortildi” sarlavhasi ostida maʼlumot tarqatishdi. Bu umuman notoʻgʻri, Men hech qanday javobgarlikka tortilmaganman”, degan Akbar Toshqulov.
Shuningdek, rektor bu kabi yolgʻon maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻragan.
“Ular Bosh prokuratura maʼlumotidagi “masʼul rahbari” soʻzini xayp qilish uchun “rektor” soʻziga almashtirib tarqatayapti. Biz oʻz shaʼnimiz va qadr qimmatimizni belgilangan tartibda himoya qilamiz albatta. Lekin boshqa nashrlar va oʻquvchilar bu yolgʻon maʼlumotlarga ishonmasliklarini soʻraymiz. Aniq maʼlumot TDYUU tomonidan yaqin vaqtlarda taqdim etiladi”, degan u.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q