Jamiyat
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi “Mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil mehnat stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qildi.
Unda mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan xotin-qizlarni oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlash va 2022-yil 1-maydan boshlab kuchga kiritish koʻzda tutilgan.
Shu bilan birga, quyidagilarni ham nazarda tutuvchi tartib oʻrnatiladi:
Alohida kvotalarni davlat oliy taʼlim muassasalari kesimida taqsimlash tartibi;
mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yil ish stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish tartibi;
alohida test sinovlarini oʻtkazish tartibi.
Qayd etilishicha, Xotin-qizlarga tavsiyanoma Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi tomonidan bir marta beriladi va tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil muddatda amal qiladi. Bunday abituriyentlar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari (tavsiyanomaga ega talabgorlar oʻrtasidagi) tanlovda ishtirok etadi.
Tegishli tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar har yili oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga kirish uchun hujjatlarni topshirish muddatlarida oʻrnatilgan tartibda maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Nizomda esa xotin-qizlar keyinchalik ushbu tizimda besh yil ishlab berish sharti bilan ish faoliyatiga mos boʻlgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga test sinovlari natijalariga asosan amalga oshiriladi.
Mazkur tartib oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tavsiyanoma olish uchun talabgor xotin-qizlar doimiy yashash yoki vaqtincha roʻyxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlariga elektron shaklda har yili 1-maydan 1-iyunga qadar murojaat qiladi. Uning tartibi esa qoʻmita tomonidan ishlab chiqiladi.
15-iyunga qadar tavsiyanomaga ega boʻlgan xotin-qizlar roʻyxatlari tasdiqlanib, Davlat test markaziga, qolaversa, talabgorlarga yuboriladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q