Madaniyat
Oʻzbekiston xalq artisti Lutfulla Saʼdullayev 10-aprel kuni 81 yoshda vafot etdi. Bu haqida uning qizi Muqaddas Saʼdullayeva oʻz “Instagram” sahifasida maʼlum qildi.
Lutfulla Saʼdullayev 1940-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1965-yil Toshkent teatr va rassomchilik sanʼat institutini tugatgan. 1963—2007-yillarda Yosh tomoshabinlar, Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrlarida aktyor boʻlib faoliyat koʻrsatgan. Soʻnggi yillarda Abdulla Qahhor nomidagi satira teatrida ijod qilib kelayotgan edi.
Faoliyati davomida 200 ga yaqin spektakllarda bir-biridan esda qolarli rollar ijro etadi. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan ortiqdir. Lutfulla Saʼdullayev uzoq yillik ijodiy faoliyatida davomida oʻz hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi, ustozlari, marhum hamkasblari haqidagi xotiralari jamlangan “Qismat”, “Oʻkinch”, “Meni kechir” nomli kitoblarini nashrdan chiqargan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Sport
Jamiyat
Siyosat
110798
Jamiyat
94455
Jamiyat
90375
Jamiyat
74272
Jamiyat
//
Izoh yo‘q