Jamiyat
“BABY LAND” xususiy bogʻchasida sodir boʻlgan holat yuzasidan jinoyat ishini qoʻzgʻatishdan rad etish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqida Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bogʻcha tarbiyalanuvchisi voyaga yetmagan U.F.ning tanasida tan jarohatlari bor yoki yoʻqligini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
RSTEIAM Samarqand filialining 2022-yil 04-aprel kunidagi sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga koʻra, sud tibbiy tekshiruvi vaqtida voyaga yetmagan U.F.ning tanasida biron-bir tan jarohatlari topilmaganligi koʻrsatilgan.
“Natijada mazkur holatda jinoyat alomatlari yoʻqligi sababli, 2022-yil 04-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishdan rad etish haqida qaror qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q