Iqtisod
Avvalroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgani haqida xabar berilgan edi. “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” Qozogʻiston tomonidan №647/648-sonli Nukus–Beyneu va №1/2-sonli Toshkent– Olmaota yoʻnalishidagi xalqaro yoʻlovchi poyezdlari qatnovini boshlash sanasi keyingi muddatga koʻchirilayotganini maʼlum qildi. Bu haqida AJ matbuot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bunga qoʻshni davlatda karantin cheklovlari joriy etilgani sabab boʻlgan. Mazkur qaror Qozogʻiston Respublikasi hududida koronavirus infeksiyasi paydo boʻlishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha Idoralararo komissiya yigʻilishi bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
“Yoʻl hujjatlarini (chiptalarini) sotib olgan va foydalanilmay qolgan chipta(lar)ning puli temir yoʻl kassalarida toʻliq qiymatda qaytariladi. Yoki, keyingi sanalarga qayta rasmiylashtirib beriladi”, deyiladi xabarda.
Holat Qozogʻiston Respublikasi bilan chegara oʻtish joylarida sanitariya-epidemiologik vaziyat yaxshilangunga qadar davom etadi.
Jamiyat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112508
Jamiyat
95170
Jamiyat
91610
Jamiyat
76128
Jamiyat
//
Izoh yo‘q