Paralimpiyachilar munosib kutib olindi: oltin medal sohiblari 200 ming dollar, uy va Tahoe avtomobili bilan taqdirlandi.

Saqlash
14:56 / 07.09.2021 1395 0

Tokioda XVI Paralimpiya o‘yinlarini jami 19 ta medal bilan yakunlab qaytgan O‘zbekiston jamosi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. So‘ng sportchilar avtobuslarda “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga olib borildi.

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov va bosh vazir Abdulla Aripov sovrindorlarni g‘alaba bilan qutlab, ularga atalgan sovg‘alarni topshirdi. Oltin medal sohiblari 200 ming dollar, 3 xonali uy, Tahoe avtomobili; Kumush medal sovrindorlari 100 ming dollar, 2 xonali uy, Traverse avtomobili; Bronza medal sovrindorlari 50 ming dollar, 2 xonali uy, Trailblazer avtomobili bilan taqdirlandi.

Umumiy hisobda O‘zbekiston 162 delegatsiya orasida musobaqani 16-o‘rinda yakunladi. Paralimpiyada erishilgan 19ta medalning 9tasi yengil atletika, 6tasi dzyudo bahslariga to‘g‘ri keladi. Suzishda 2ta, taekvondo va pauerliftingda 1tadan medal qo‘lga kiritildi. Tokiodagi musobaqalarda O‘zbekiston 48 nafar sportchi bilan qatnashgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//