25 mingdan ziyod savol tushdi, 60 foizdan koʻprogʻi shaxsiy savollar – Prezident

Saqlash
15:45 / 18.03.2022 834 0

Prezidentning sogʻliqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.

 

Uchrashuvda tibbiyot olimlari, shifokorlar, hamshiralar, farmatsevtlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillaridan kelib tushgan jami 25 mingdan ziyod murojaat va takliflar asosida sohadagi koʻplab muammolarning oqilona yechimlari belgilab berilishi kutilmoqda. Davlat rahbari murojaatlarning koʻpchiligi shaxsiy savollar ekanligini qayd etdi.

 

«25 mingdan ziyod savol tushdi, 60 foizdan koʻprogʻi shaxsiy savollar. Albatta, men buni tushunaman, bu savollarning tagida yillar davomida hal qilinmagan muammolar bor.

 

Nima uchun uchrashuv choʻzildi? Biz 85 foiz muammolarni hal qildik. Savol yoʻllaganlarning har biri bilan muloqot qilindi. Albatta, hammaning muammosini birdan hal qila olmaymiz. Buning uchun oʻqish, izlanish kerak», dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//