“Butun O‘zbekiston qo‘llab-quvvatlayotganini his qildim” – Javohir Sindarov

Saqlash
12:20 / 15.04.2026 47 0

Nomzodlar turnirida muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov g‘alabadan keyingi his-tuyg‘ulari, jamoasi va kelgusi rejalari haqida intervyu berdi.

 

“Juda xursandman. Turnir hali tugamadi, lekin oldindan yutib qo‘yganimdan xursandman. Agar bugun yutqazganimda, kun juda og‘ir o‘tardi. Yaxshi o‘ynadim”, dedi u.

 

Shaxmatchi musobaqa davomida butun mamlakat qo‘llab-quvvatlaganini alohida qayd etib, “Kecha oilaviy chatda billboard rasmini yuborishganda hayron qoldim. Butun O‘zbekiston turnirni kuzatayotganini his qildim. Har turda qo‘llab-quvvatlashni sezdim. Buning uchun hammaga rahmat”, — deya ta’kidladi.

 

Shuningdek, u jamoasi bilan olib borilgan ishlar natijaga katta ta’sir qilganini aytdi. Aytishicha, uning uchta sekundanti bor. Bittasi o‘yin davomida yonida bo‘ldi, qolganlari onlayn yordam berdi. Sindorov Roman Vidonyak bilan ko‘proq ko‘nikmalar va psixologiya ustida ishlashini aytdi.

 

Javohir turnir davomida bosim ham sezilganini yashirmadi. “Ayrim partiyalar juda og‘ir bo‘ldi, ayniqsa Fabiano Caruana ga qarshi bahs va birinchi tur. Birinchi turda omad ham rol o‘ynadi va bu butun turnirni o‘zgartirdi. Bunday turnirni yutish uchun biroz omad ham kerak”, dedi u.

 

Sindarovning ta’kidlashicha, jahon chempionligi uchun bo‘ladigan matchda maksimal darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatish uning navbatdagi asosiy maqsadi bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//