Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qildi va tarixiy g‘alabaga erishgani bilan tabrikladi.
Suhbatda Javohir Sindorov ushbu turnirda ilgari hech kim yeta olmagan yuksak marrani zabt etgani, 14 ta o‘yinda 6 marotaba g‘alaba qozongani sport olamida kamdan kam uchraydigan noyob hodisa ekani alohida ta’kidlandi.
Davlat rahbari yosh grossmeyster dunyoning eng dongdor shaxmatchilariga qarshi har bir bahsda katta jasorat va mahorat bilan dona surib, kuchli iroda, yuksak intellektual salohiyat va qat’iyat fazilatlarini namoyon etganini qayd etdi.
Prezident endi Javohir Sindorov oldida jahon toji uchun hal qiluvchi va sharafli bellashuv turganini qayd etib, bo‘lajak o‘yinlarda unga yanada ulkan omad, kuch-g‘ayrat va yangi zafarlar tiladi.
Suhbatda joriy yil Samarqand shahrida o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida Javohir Sindorovning ishtiroki, shubhasiz, jamoamizga katta ruh va ishonch bag‘ishlashi qayd etildi.
Davlat rahbari Javohir Sindorovning ota-onasi, yaqinlari, ustoz va murabbiylarini ham ushbu tarixiy g‘alaba bilan chin yurakdan tabrikladi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91313
Jamiyat
76011
Jamiyat
//
Izoh yo‘q