Jamiyat
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targ‘ib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 7-sonli bolalar musiqa va san’at maktabiga Farrux Zokirov nomi beriladi.
Shuningdek, maktabda “Yalla” nomidagi bolalar ansambli tashkil etiladi. Estrada yo‘nalishida ijrochilik mahorat maktablari “ustoz-shogird” an’analari asosida yo‘lga qo‘yiladi.
Mahorat maktablarida faoliyat yurituvchi ustoz-ijodkorlar davlat byudjeti hisobidan har oy rag‘batlantirib boriladi.
Bundan tashqari, Yoshlar ijodiy laboratoriyasi doirasida:
– hududlardan saralangan iqtidorli o‘quvchilar uchun maxsus guruhlar shakllantiriladi;
– ular yozgi ta’til davrida bepul estrada xonandaligi kurslarida tahsil oladi;
– zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etiladi;
– o‘quvchilar ijodi televideniye va xalqaro onlayn platformalarda namoyish etiladi.
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Madaniyat
112145
Jamiyat
94829
Jamiyat
90884
Jamiyat
75676
Jamiyat
//
Izoh yo‘q