Madaniyat
“Shashmaqom”, “Katta ashula”, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllaridagi ashulalar, hamda mumtoz va xalq musiqa merosi namunalarining mahoratli ijrochisi Gulzoda Xudoynazarova sozandalar Bekzod Safarov, Farruh Vohidovlar hamrohligida 19 fyevraldan 11-martga qadar Yevropaning Germaniya, Polsha, Belgiya, Fransiya hamda Shveysariya davlatlaridagi nufuzli konsert va sanʼat saroylarida yakkaxon konsertlar berishdi.
Bu galgi ijodiy safar dasturi asosini YUNESKO nomoddiy madaniy merosi roʻyxatidan joy olgan “Shashmaqom”, hamda “Katta ashula” musiqa merosidan turkum asarlar tashkil etgan boʻlib, “Shashmaqom” turkumining “Navo” maqomiga kiruvchi «Saraxbori navo», “Dugoh” maqomidan «Saraxbori Oromijon», “Oromijon”, hamda “Savti Chorgoh” asarlari turkum shaklida, katta ashula merosidan “Ey chehrasi tobonim”, “Yolgʻiz” va “Dogʻman” ashulalari ijro etildi. Bekzod Safarovning dutor sozidagi “Rohat” xalq kuyi ijrosi muxlislarning alohida eʼtirofiga sazovor boʻldi.
Ayniqsa, dunyoning eng nufuzli sahna saroylaridan boʻlmish Pyer Bulez nomidagi sanʼat saroyi, Bryusseldagi Molyer teatri, Shveysariyaning Sankt Gallen teatridagi hamda Germaniyaning Gamburg filarmoniyasidagi konsertlar davomli olqishlar bilan yakunlandi.
Ijodiy jamoaning Fransiyaning Tours universiteti “Musiqashunoslik” fakulteti va Shveysariyaning Sankt Gallen teatridagi konsertlarida soha mutaxassisi, dunyo musiqasi borasida xalqaro ekspert Husniddin Ato tomonidan Oʻzbekiston musiqa madaniyati, Shashmaqom musiqa merosi, musiqa cholgʻulari haqida ham maʼlumotlar berilib, tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga ham javob berildi.
Gulzoda Xudoynazarovaning ushbu konsert dasturlari «OXUS Culture” tashkilotining Oʻzbekiston milliy musiqa merosini xalqaro sahnalarda keng targʻib etishga yoʻnaltirilgan navbatdagi loyihasi hisoblanadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q