Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.
Yigʻilishda tegishli dastur ijrosi boʻyicha Farmatsevtika agentligi rejani 51 foizga, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” esa 10 foizga bajarmagani, ushbu ikki tizimda sanoat kooperatsiyasi boʻyicha ishlar umuman boshlanmagani, “Issiqlik elektr stansiyalari” esa rejani atigi 26 foizga bajargani koʻrsatib oʻtildi.
Shuning uchun Farmatsevtika agentligi direktoriga “hayfsan” eʼlon qilindi. Uning ikkala oʻrinbosarini ishdan olishga koʻrsatma berildi.
Bosh vazirga Farmatsevtika agentligi tizimi va faoliyatini tubdan oʻzgartirish choralarini koʻrish topshirildi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” raisi vazifasini bajaruvchisiga “hayfsan”, “Issiqlik elektr stansiyalari” raisi, «Oʻzmetkombinat» raisi, «Oʻzbekneftgaz» raisining birinchi oʻrinbosariga qatʼiy ogohlantirish berildi.
Yanvar-fevral oylarida “Elektron kooperatsiya” portali orqali 860 milliard soʻmlik 5 mingta shartnoma tuzilgan boʻlsada, ularning ijrosi ayrim hududlarda bajarilmagani, elektron savdolarda Qoraqalpogʻiston, Namangan, Surxondaryo va Xorazmdagi korxonalar ulushi 1 foizni ham tashkil qilmasligi tanqid qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q