Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni “Yangi Namangan” shaharchasining ikkinchi bosqichi loyihasi bilan tanishdi.
Namangan shahri ham iqtisodiyot, ham nufus jihatidan oʻsib bormoqda. Soʻnggi besh yilda shahar aholisi 152 ming nafarga koʻpaygan. Shu davrda 300 dan ziyod koʻp qavatli uylar qurilib, qariyb 65 ming fuqaro yangi xonadonga ega boʻlgan.
Jumladan, “Yangi Namangan” shaharchasi loyihasining birinchi bosqichida 330 gektar maydonda 8 ming 500 xonadonli 184 ta uy-joy barpo etildi. Shuningdek, 145 gektar maydonda kichik sanoat zonalari tashkil etilib, 10 ming yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Bugungi kunda Namangan shahrida 30 ming fuqaroning uy-joyga ehtiyoji bor. Kelgusi yillarda shahar aholisi yiliga 25 ming nafarga koʻpayishi kutilmoqda.
Shu bois, Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturida Namangan shahrini “bir millionlik shahar”ga aylantirish va “Yangi Namangan” shaharchasini kengaytirishni aytgan edi.
Taqdimotda ushbu shaharchaning ikkinchi bosqichi bosh rejasi koʻrib chiqildi.
Unga koʻra, 272 gektar maydonda 20 ming xonadonga ega 171 ta koʻp qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.
Davlatimiz rahbari uylarning sifati, infratuzilmasi qanday boʻlishi bilan qiziqdi. Mutasaddilarga hozir koʻp qavatli uylarda yashayotgan odamlar va talabgorlar bilan uchrashib, ularning takliflarini olish, shu asosida loyihani tanqidiy qayta koʻrib chiqib, batafsil rejalashtirish boʻyicha topshiriq berdi.
Hududda uylarni va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini toʻgʻri joylashtirish, binolarda milliy hunarmandchiligimizga xos bezaklardan foydalanish muhimligi taʼkidlandi.
Shaharcha hududida ish oʻrinlari tashkil etish, xizmat koʻrsatishni rivojlantirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Loyihaga koʻra, bu yerda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻini barpo etish ham rejalashtirilgan.
Prezidentimiz bogʻ uchun daraxt koʻchatlarini hozirdan yetishtirish, koʻp qavatli uylar oldida va yoʻl boʻylarida ham daraxtlar ekish zarurligini taʼkidladi.
Namangan viloyatida kichik sanoat zonalari infratuzilmasini yaxshilash, ichki yoʻllar va ichimlik suvi tarmoqlarini taʼmirlash masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Mutasaddilarga hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli ishini tashkil etish, mahallalarda sport maydonchalari, maishiy xizmat majmualari qurish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q