Madaniyat
Bahorning ilk kunlarida Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 107-yilligiga bagʻishlab respublika boʻylab oʻtkazilayotgan tadbirlar Jizzax shahrida ham koʻtarinki kayfiyatda boʻlib oʻtdi. “Men hayot ekanman, hayotsan sen ham!” nomli sheʼriyat bayrami shaharning bir nechta oliy oʻquv yurtlarida, Hamid Olimjon va Zulfiya ijod maktabi va muzeyida oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ijodiy tadbirda Zulfiyaxonimning oila aʼzolari, shogirdlari, taniqli shoiralar va Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.
Jizzax shahridagi ijod maktabi hovlisida qad rostlagan Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyida tadbirning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Yozuvchilar uyushmasining Jizzax viloyati boʻlimi mezbonlik qilgan tadbirlarda shoiraning ijod va hayot yoʻli eslandi.
“Taniqli oʻzbek shoiralaridan tarkib topgan ijodiy guruhimizni orziqib kutgan davralarda kechgan kutilgan va kutilmagan baxtiyor damlar, “biz ham sheʼr yozamiz”, deb sahnaga dadil chiqib, keyin gumburlatib sheʼr oʻqigan talaba qizlar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari boʻlmish singillarimizning ustozlarni umidlantirgan sheʼrlari, “Eng gullagan yoshlik chogʻimda” qoʻshigʻini birgalikda kuylagan yoshlar, vohaning joʻmard ijodkorlari Sharof Rashidov, Hamid Olimjon, Toʻra Sulaymon, Saʼdulla Hakimlarning yorugʻ xotiralari esh boʻlgan gurunglar – bularning bari kunimizga fayz, dilimizga huzur berdi”, deydi shoira Nargiza Asadova.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q