Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Tadbirda farmatsevtika sohasiga yangi texnologiyalarni olib kelish, “Big Pharma” kompaniyalarni jalb qilishga ancha harakat qilinayitgani aytib oʻtildi.
Bunday kompaniyalar ishlab chiqarishini yoʻlga qoʻyishdan oldin “Ichki bozorda dorilar sifati va xavfsizligi boʻyicha kuchli nazorat tizimi bormi?” degan savol qoʻyadi.
Lekin birgina oʻtgan yilning oʻzida mamlakatimizda 57 mingdan ziyod nomdagi roʻyxatdan oʻtmagan, kontrafakt dorilar aniqlangan. Achinarlisi, qalbaki nusxasi koʻpaygani uchun nufuzli xorijiy kompaniyalar 21 turdagi original dorilarni Oʻzbekistonga olib kirishni toʻxtatgan.
Masʼul idoralarga giyohvand va psixotrop moddalarga qarshi qanday kurashilayotgan boʻlsa, dorilarning noqonuniy aylanmasi boʻyicha ham xuddi shunday murosasiz kurashish shartligi koʻrsatib oʻtildi.
Umuman, sifatsiz va qalbaki dorilarning oldi-sotdisi boʻyicha javobgarlikni keskin kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish muhim ekani taʼkidlandi.
Bugungi kunda farmatsevtika yoʻnalishidagi 6 ta ilmiy-tadqiqot institutida 300 dan ziyod olimlar faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, farmatsevtika oliygohlarini yiliga 1 mingga yaqin yoshlar tamomlamoqda.
Lekin sohada ilm-fan bilan sanoat bir-biridan “uzilib” qolgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan Kimyo-farmatsevtika, Vaksina va zardoblar hamda Sharq tabobati institutlari negizida Milliy biofarmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilinadi.
Ushbu institut “Toshkent farma park”da joylashadi va olimlarga bu yerdagi korxonalar bilan ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish uchun sharoit yaratiladi.
Buning uchun park hududida klinikoldi tadqiqotlarini oʻtkazish laboratoriyasi (vivariy), sinov-tadqiqotlar uchun bio va kimyo laboratoriyalari tashkil qilinadi. Shuningdek, 250 oʻrinli xalqaro klinik tadqiqotlar markazi ham barpo etiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
111606
Jamiyat
94638
Jamiyat
90624
Jamiyat
75100
Jamiyat
//
Izoh yo‘q