Jamiyat
1-martdan 5-mart soat 10:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonga jami 9361 nafar vatandosh evakuatsiya qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning 8114 nafari Saudiya Arabistonidan, 1192 nafari esa BAAdan charter reyslar orqali olib kelindi. Shuningdek, Erondan 23 nafar, Bahrayndan esa 25 nafar, Ummondan 7 nafar fuqarolar vatanga yetkazildi.
TIV qayd etishicha, ayni paytda evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq boʻlib turgan mamlakatlardan amalga oshirilmoqda. Mintaqaning boshqa davlatlarida havo hududi ochilishi bilan mazkur tadbirlar tezkor ravishda tashkil etiladi va davom ettiriladi.
Vazirlik fuqarolarni xotirjamlikni saqlashga, vahimaga berilmaslikka va vazmin harakatlanishga chaqirdi.
Shuningdek, ayni paytda xorijda boʻlib turgan oʻzbekistonliklardan mazkur mamlakatning ichki qoidalari va talablariga qatʼiy rioya etish hamda faqat Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari va diplomatik vakolatxonalari tomonidan tarqatilayotgan rasmiy axborotga amal qilish soʻraldi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
111601
Jamiyat
94637
Jamiyat
90623
Jamiyat
75095
Jamiyat
//
Izoh yo‘q