Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.
Yigʻilishda respublikadagi 13 mingdan ziyod dorixonalar tomonidan oʻtgan yili 24 trillion soʻmlik dori vositalari sotilgani aytib oʻtildi. Bundan tashqari, davlat xaridlari orqali yiliga 5 trillion soʻmlik farmatsevtika mahsulotlari olinmoqda.
Hududlardagi masʼullar qaysi doriga qancha talab borligini, uning qanchasi import boʻlayotganini hisob-kitob qilmagani, ishlab chiqaruvchi va importchilar bilan uchrashib, zarur dorilarni mahalliylashtirish masalasini oʻrganib koʻrmaganiga eʼtiroz bildirildi.
Yurtimizda jami 58 ta farmatsevtika korxonasi 2,5 ming turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda.
Formulasi oddiy, ishlab chiqarish uncha murakkab boʻlmagan ibuprofen, paratsetamol, diklofenak kabi ogʻriq qoldiruvchi dorilarni oʻzimizdagi 20 dan ortiq farmatsevtika korxonalari ishlab chiqarmoqda.
Xuddi shu kabi, ortiqcha sertifikat talab qilmaydigan qon koʻpaytiradigan kaliy, kalsiy, temir, sink, magniy, yod, vitamin B, C va D kabi oddiy biologik faol moddalarni ham tegishli sifat talablari va standartlarga qatʼiy rioya qilgan holda oʻzimizda ishlab chiqarish imkoniyati mavjudligi taʼkidlandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
111603
Jamiyat
94638
Jamiyat
90624
Jamiyat
75098
Jamiyat
//
Izoh yo‘q