Jamiyat
Toshkentda 5-mart kuni “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgan ayollarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbir “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida oʻtkazildi.
Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida mamlakatimizda ayol-qizlarni ardoqlash, ularni kuchli ijtimoiy himoya qilishning yangi, amaliy mexanizmi yaratilgani taʼkidlandi. Ayollarni oʻylantirayotgan masalalar joylarda hal etilishiga katta eʼtibor qaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishonini egalariga topshirdi.
Tadbirda joriy yilda “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoniga munosib koʻrilgan 351 nafar xotin-qizlardan 51 nafari taqdirlandi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94830
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q