Siyosat
Prezident videoselektor yigʻilishida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash sohasining yangi tizimini belgilab berdi.
«Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida ham ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash masalasini eng muhim yoʻnalishlardan biri sifatida bejizga belgilamadik.
Ushbu muhim vazifalar ijrosini tizimli tarzda har bir mahalla kesimida amalga oshirishni taʼminlash maqsadida bugun Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasini tashkil etish boʻyicha Farmonni imzoladim», dedi davlat rahbari.
Qoʻmita rahbari lavozimiga ayollarning muammolari, dardu-tashvishi bilan yaqindan tanish va ularni hal qilish boʻyicha katta tajribaga ega boʻlgan Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi Zulayho Baxriddinovna Mahkamova tayinlandi.
Qayd etilishicha, yangi Qoʻmita raisi Mahkamova ayni paytda Bosh vazir oʻrinbosari va Senat aʼzosi sifatida faoliyat yuritadi.
Joylarda qoʻmitaning viloyat, tuman va shahar rahbarlari esa hokim oʻrinbosari boʻladi.
Yangi qoʻmita Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda “Ayollar daftari” jamgʻarmasini oʻzi boshqaradi.
Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev mahallalarda xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinishini maʼlum qildi.
«Respublikadagi ayni paytdagi 9 ming 309 ta mahalla raisining xotin-qizlar va oila boʻyicha oʻrinbosarlari lavozimlari ham qoʻmita tizimiga oʻtkaziladi va har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi yangidan joriy qilinadi.
Hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari qanday konkurs bilan tanlangan boʻlsa, mahallalardagi xotin-qizlar faollari ham shunday ochiq konkurs asosida, tajribali, obroʻ-eʼtiborli, tadbirkor ayollar orasidan lavozimiga qoʻyiladi.
Yaʼni, mahallada endi yaxlit tizim tashkil etiladi.
Bundan buyon:
- hokim yordamchisi kambagʻallikni qisqartirish va yangi ish oʻrinlari yaratishga;
- yoshlar yetakchisi yoshlar siyosati va yoshlar balansiga;
- xotin-qizlar boʻyicha masʼul esa, ayollar masalasi va ularning dardu-tashvishi ishlashga javob beradi.
Ushbu 3 ta yoʻnalish boʻyicha, ularning aniq moliyaviy mablagʻlari boʻladi», dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
2 Izohlar
Dilorom
12:01 / 01.01.1970
Juda zo‘r. 3ta moliyaviy yo‘nalishda mablag‘i bo‘lishi meni qiziqtirib qo‘ydi. Chunki quruq gap bilan insonlar og‘irini yengil qilib bo‘lmaydi. Ishonchni oqlash un aniq moliyaviy yordam keyin esa harakat muhim. Bu lavozimda ishlashni xohlardim
Aziza
12:01 / 01.01.1970
Juda yaxshi bo'lar edi. Men shu ish o'rnida ishlashni xoxlar edim.