Endi Qirg‘izistonda qishloq va ovullarga shaxslar nomi berilmaydi, ruscha nomlar o‘zgartiriladi

Saqlash
10:07 / 15.04.2026 238 0

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘sh viloyati Oloy tumani aholisi bilan uchrashuvda mamlakatdagi qishloq va ovullarga ortiq insonlar ismini qo‘ymaslik va ruscha nom bermaslik haqida gapirdi.

 

Mamlakat rahbari ushbu masalaga mahalliy aholining qishloqlardan biriga Olimbek dodho nomini berish borasidagi savoliga javoban to‘xtaldi:

 

Sizlar guruhlarga bo‘linib, nega falonchining emas, boshqasining nomi berildi, bunga mening ajdodlarim munosibroq edi, deya bahslashishni boshlaysizlar. Biz buni ko‘p marta boshdan kechirganmiz. Shunday ekan, xafa bo‘lmang, Olimbek dodhoning ismi allaqachon tarixga o‘chmas qilib yozilgan. Qishloqqa uning nomi berilishi bilan u tezroq rivojlanib qolmaydi”, deydi u.

 

Japarov shuningdek, milliy o‘zlik va madaniy merosni mustahkamlash maqsadida respublika bo‘yicha ruscha nom berilgan barcha qishloqlar nomlarini o‘zgartirish rejasi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, bu jarayon kelasi yil yakuniga qadar tugatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:19 / 20.07.2026 0 97
Davlat stipendiyalari taqsimoti tasdiqlandi

Madaniyat

16:57 / 20.07.2026 0 181
Qaysi viloyatda kutubxonalar soni ko‘proq?

Jamiyat

15:03 / 20.07.2026 0 55
Umra vizasi tartibiga o‘zgartirish kiritildi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112685
76457

//