Jamiyat
Toshkentda urbanizatsiya, kadastr va geodeziya sohasida kadrlar tayyorlaydigan yangi oliygoh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda prezident raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur oliygoh o‘zini o‘zi moliyalashtiruvchi tizim asosida ishlaydi. Unda nafaqat oliy ma’lumotli mutaxassislar, balki o‘rta bo‘g‘in kadrlari uchun texnikum ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Yig‘ilishda fevral oyida kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan qaror imzolangani eslatildi. Ushbu hujjat doirasida arxitektorlar, loyihachilar va urbanistika sohasi vakillari uchun Toshkent shahrida birinchi kreativ parkni tashkil etish topshirilgan.
Yig‘ilish davomida soha va hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitildi. Qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning taklif va tashabbuslari ham muhokama qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112255
Jamiyat
94935
Jamiyat
91041
Jamiyat
75811
Jamiyat
//
Izoh yo‘q