Jamiyat
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 14-apreldan boshlab Toshkent–Tel Aviv yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, parvozlar haftaning dushanba, seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, 3-maydan boshlab yakshanba kunlari Toshkent–Samarqand–Tel Aviv hamda Tel Aviv–Toshkent yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shimcha reyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi mart oyi oxirida Tel Avivga reyslarni majburiy ravishda bekor qilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112255
Jamiyat
94935
Jamiyat
91041
Jamiyat
75811
Jamiyat
//
Izoh yo‘q