Jamiyat
15-aprel "O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va san’at xodimlari kuni" munosabati bilan Ozodbek Nazarbekov boshchiligida sohaning "Madaniyat o‘lmasin..." nomli ilk madhiyasi taqdim etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, she’r muallifi va bastakor Eldor Qayumov hisoblanadi. Madhiyani o‘zbek estradasining taniqli ijodkorlari, jumladan, Ozodbek Nazarbekov, Munojot Yo‘lchiyeva, Ozoda Nursaidova, G‘aybulla Tursunov, Jasmin, Shohruxxon ijro etdi. Qo‘shiq matni bilan quyida tanishish mumkin:
Madaniyat o‘lmasin...
Shou bo‘lsa shou, biznes bo‘lsa biznes.
Faqat bitta iltimos, adabiyot o‘lmasin.
Muammolarda, muomalalarda, yaxshi gapiring faqat.
Muhabbat o‘lmasin!
Ahamiyat o‘lmasin, jamiyat o‘lmasin.
Odam orasida madaniyat o‘lmasin.
Inson bolasida Hurriyat o‘lmasin,
Ofiyat o‘lmasin, samimiyat o‘lmasin.
Madaniyat o‘lmasin, hurriyat o‘lmasin,
Qo‘shiq, nolasida she’riyat o‘lmasin.
O‘ynasin-o‘ynasin, lazgiga o‘ynasin,
Nomus-u-qadriyat ishqida o‘ynasin.
Madaniyat o‘lmasin!
G‘olib bo‘lsa-g‘olib, mag‘lub bo‘lsa-mag‘lub,
Sog‘lom bo‘lsa mayliga raqobat o‘lmasin.
Hikoyalarda, risolalarda mardlar bo‘lsin e’tirof,
Adolat o‘lmasin!
Jasorat o‘lmasin, matonat o‘lmasin,
Inson yuragida diyonat o‘lmasin!
Salohiyat o‘lmasin (sadoqat o‘lmasin)
Saxovat o‘lmasin (fazilat o‘lmasin)
Ma’rifat o‘lmasin! Ma’naviyat o‘lmasin!
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112142
Jamiyat
94825
Jamiyat
90882
Jamiyat
75672
Jamiyat
//
Izoh yo‘q