Siyosat
Prezident oʻtkazilayotgan yigʻilishda mahalla tizimidagi yangilanishlar haqida maʼlum qildi.
Xususan, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Unga rahbarlik qilish Prezident maslahatchisi Tursinxon Aydarovich Xudaybergenovga yuklatildi.
“Farzandlarimiz tarbiyasida nuroniylarimizning bilimlari va hayotiy tajribasidan keng foydalanishimiz zarur. Shu bois, “Nuroniy” jamgʻarmasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazirning birinchi oʻrinbosari boʻladi”, dedi Prezident.
Shuningdek, endi mahalla tizimida ham mutlaqo yangi tizim yaratiladi. Joylarda bu vazifa bevosita hokimlarning zimmasiga yuklatiladi, hokim oʻrinbosari lavozimi qisqartiriladi.
Mahalla raisi oʻz hududida hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va mahallada oʻzaro hamjihatlikda ishlashni taʼminlaydi.
Prezident Xalq qabulxonalarining vazifalari ham endi shahar va tumandan mahallaga tushishi va mahallabay fuqarolarni qabul qilib, ularning masalalari yechimiga yordam berishi ham taʼkidlab oʻtildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q