“Bu bogʻlar bir bogʻlar boʻladi hali” – Zulfiya Isroilova tavalludiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

Saqlash
17:03 / 01.03.2022 1179 0

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bilan hamkorligida Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiya Isroilova tavalludining 107-yilligi munosabati bilan Adiblar xiyobonida “Bu bogʻlar bir bogʻlar boʻladi hali” nomli tantanali tadbir oʻtkazildi.

 

 

Davlat va jamoat arboblari, ziyolilar, yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar, keng jamoatchilik, shoiraning oila aʼzolari ishtirokidagi tadbir Zulfiya haykali poyiga gul qoʻyish marosimi bilan boshlandi.

 

Tadbirda shoiraning hayot yoʻllari va ijodining eng yuksak jihatlariga eʼtibor qaratildi hamda bugungi davr qizlarining maʼnaviy yuksalishidagi ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtildi.

 

 

Tantanali tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Shu bilan birga, akademiya tomonidan tashkil etilgan “Zulfiya” stipendiyasi nomzodlari hamda shoira ijodiga bagʻishlab oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish