Jamiyat
Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibi yanada liberallashtiriladi. “Moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish va sud nazorati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–138-son, 15.04.2026-y.) qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-oktyabrdan vakolatli organlarning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori tadbirkorning tanloviga koʻra quyidagi shakllardan birida ixtiyoriy ijro etilishi mumkin:
- vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori topshirilgan kundan boshlab 1 oy muddatda jarima miqdorining 50 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlash sharti bilan jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etish;
- qoʻllangan moliyaviy jarima summasini 6 oy davomida teng miqdorlarda boʻlib-boʻlib toʻlash;
- vakolatli organning moliyaviy jarimani qoʻllash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb topilgan taqdirda, undirilgan mablagʻlar, shu jumladan, moliyaviy jarima hamda penya yoʻnaltirilgan manbalar hisobidan 15 kun muddatda mutanosib ravishda qaytariladi;
- yuqoridagi belgilangan muddatda qaytarilmagan summaga nisbatan qaytarish muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun Markaziy bank asosiy stavkasining 300 dan biriga teng miqdorida foiz toʻlanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112147
Jamiyat
94833
Jamiyat
90887
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q