Siyosat
Mamlakatimiz rahbari 30 avgust kuni bir qator mamlakat yetakchilari bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Xususan, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan suhbatlashib, ikki davlat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari to‘g‘risida fikr almashdilar.
Suhbat avvalida davlat rahbarlari ikki mamlakat mustaqilligining 30 yilligi bilan bir birini dildan qutlab, birodar O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika sohalarida aniq kooperasiya loyihalarini, shuningdek, turizm va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish maqsadida hukumatlar darajasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirish muhim ekani qayd etildi.
Prezidentlar, shuningdek, mintaqa kun tartibidagi, shu jumladan qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning keskinlashishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildilar.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q