Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Uchtepa tumani 283-oʻrta maktabda barcha oʻquvchilar(qizlar ham, oʻgʻil bolalar ham) maktabga qizil galstukda kelishlari majburiy qilib belgilangani haqida xabar tarqaldi.
Aytilishicha, galstuklar uchun ota-onalardan 6000 soʻmdan pul yigʻilib, Abu - Saxiydagi faqat 1 ta doʻkondan sotib olingan.
Ushbu xabar yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi oyina.uzga izoh berdi.
Taʼkidlanishicha, galstuklar maktabning ochilishi marosimi uchungina soʻralgan.
«Maktab maʼmuriyati tomonidan maktabning bugungi ochilish marosimiga ota-onalar bilan kelishilgan holda boshlangʻich sinflarga erkaklar galstugining qizil rangini, katta sinflarga koʻk rangini taqish tanlangan.
Qolgan kunlari maktab galstuk taqishni talab qilmagan, oq koʻylak, toʻq koʻk shimda kelishi zarurligi aytilgan», deyiladi izohda.
Shuningdek, matbuot kotibiga koʻra, galstuklar xabarda aytilganidek, pionerlarniki kabi emas, balki oddiy boʻlib, mazkur masalaga siyosiy tus bermaslik soʻralgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
112460
Jamiyat
95126
Jamiyat
91368
Jamiyat
76044
Jamiyat
//
Izoh yo‘q