Iqtisod
Onlayn xaridlar aholi hayotining ajralmas qismiga aylangan bir davrda iste’molchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi munosabatlarda ayrim muammolar va nizolar yuzaga kelmoqda.
Jumladan, 2026-yilning I choragi yakuniga ko‘ra, elektron tijorat platformalari faoliyati yuzasidan jami 111 ta sub’yektga nisbatan 1 657 ta murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning asosiy qismi tovar sifati (602 ta, 36,3 foiz), to‘lov munosabatlari (278 ta, 16,8 foiz) hamda tovarlarni yetkazib berish jarayoni (188 ta, 11,3 foiz) bilan bog‘liq masalalarga taalluqlidir.
Statistikaga ko‘ra, shikoyatlarning eng katta qismi bozor yetakchilari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Masalan:
▪️ Uzum Market (490 ta murojaat): Eng yirik marketpleys sifatida asosiy shikoyatlar tovar sifati va yetkazib berish bilan bog‘liq.
▪️ Uzum Nasiya (391 ta murojaat) va Alif (Nasiya/Moliya - 52 ta): Bu yerda asosiy masalalar moliyaviy majburiyatlar, to‘lovlarni hisoblash va qarzdorlik bilan bog‘liq muammolardir.
▪️ Ijtimoiy tarmoqlar (Instagram, Telegram): Garchi murojaatlar soni kamroq ko‘rinsa-da (masalan, Instagram bo‘yicha 13 ta rasmiy shikoyat), bu sohada firibgarlik va qaytarib bo‘lmaydigan to‘lovlar xavfi yuqoriligicha qolmoqda.
“Bu tabiiy hol – tranzaksiyalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, xatoliklar ehtimoli shuncha yuqori”, deyiladi xabarda.
Raqobat qo‘mitasi elektron tijorat bozorida iste’molchilarni qiynayotgan muammolarni sanadi:
▪️ Tovar sifati va mosligi: Mijozlar olgan mahsulot saytdagi tavsifga mos kelmasligi yoki nuqsonli ekani eng ko‘p uchraydigan holat (36% murojaat).
▪️ To‘lov va qayta hisob-kitob: Murojaatlarning salmoqli qismi ijobiy hal etilib, 142 mln so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilingani va 201 mln so‘mlik tovarlar almashtirib berilgani tizimda hali ham moliyaviy shaffoflik borasida bo‘shliqlar borligini ko‘rsatadi.
▪️ Yetkazib berish muddatlari: Logistika zanjiridagi uzilishlar, ayniqsa chekka hududlarda hamon dolzarb.
Ta’kidlanishicha, sohada kuzatilayotgan muammolarni hal qilish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
▪️ Qonunchilikni takomillashtirish: “Masofaviy savdo” tushunchasini sotuvchining majburiyatlari nuqtai nazaridan yanada aniqlashtirish.
▪️ Raqamli savodxonlik: Iste’molchilarga onlayn shartnoma va oferta shartlarini o‘qish madaniyatini singdirish.
▪️ Logistika markazlarini sertifikatlash: Tovar saqlanish va yetkazib berish sharoitlarini davlat standarti darajasiga ko‘tarish.
Shuningdek, dunyo tajribasini o‘rganganish ham mazkur sohadagi muammolarga bir qator yechimlar berish mumkin. Xususan, ayrim davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan “Escrow” to‘lov tizimi orqali. Bunda xaridor tovarni olib, uni tasdiqlamaguncha pul sotuvchining hisobiga o‘tmaydi. Bu esa Instagram va Telegram'dagi firibgarlikka chek qo‘yadi. Shuningdek, sotuvchilar reytingi va javobgarligiga oid tizim orqali sifatsiz tovar sotgan tadbirkorlarni platformadan chetlatishning qat’iy talablari ishlab chiqish zarur.
Jamiyat
Iqtisod
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112195
Jamiyat
94876
Jamiyat
90957
Jamiyat
75739
Jamiyat
//
Izoh yo‘q