Jamiyat
Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Namangan, Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida eng koʻp avariyalar sodir boʻlayotgan 2,2 ming kilometr xalqaro yoʻllar qarama-qarshi yoʻnalishlarni ajratuvchi toʻsiq bilan jihozlanmagan. Bu haqida Prezident bugungi yigʻilishda taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, yoʻllardagi mavjud 400 mingta yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarining yarmi talabga javob bermaydi. Toshkent shahrida 15 mingta yoʻl belgilari yetishmaydi, 22 mingtasini esa yangilash talab etiladi.
Respublika boʻyicha yoʻl belgilari va koʻrsatkichlarini ishlab chiqaradigan 1 dona korxona (“Avtoyoʻl”ga qarashli “Avtoyoʻl belgi” korxonasi) mavjud boʻlib, uning quvvatlari ehtiyojning 20 foizini ham qoplamaydi.
Har bir viloyat hokimligida 1 tadan yoʻl belgilari va koʻrsatkichlari, svetoforlar oʻrnatish, yoʻl chiziqlari chizishga masʼul korxona boʻlgani bilan ularning 80 foiz texnikasi eskirgan yoki yaroqsiz holda.
Shu bois endi viloyat va tuman markazlaridagi yoʻl belgilari va koʻrsatkichlari, svetoforlar, yoritgichlar oʻrnatish, yoʻl chiziqlar chizish, piyoda oʻtish joylarini belgilash, umuman yoʻl harakati vositalarini tartibga solishga Yoʻl harakati xavfsizligi tizimi masʼul boʻladi.
Sohadagi korxonalar hokimliklardan hududiy YXHBlarga oʻtkaziladi. Oʻtkazishdan oldin viloyat hokimlariga korxonalarni texnika bilan taʼminlash topshirildi. Shuningdek, 2023-yil yakuniga qadar ushbu xizmatlar uchun autsorsingga ham yoʻl ochiladi, yaʼni raqobat boʻladi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q