Prezident Samarqand shahrida qurilgan tunnelni borib koʻrdi

Saqlash
21:45 / 10.02.2022 859 0

Davlatimiz rahbari Samarqand shahrining Boʻstonsaroy va Rudakiy koʻchalari kesishmasida qurilgan tunnelni borib koʻrdi.

 

Bu ikki koʻcha shahardagi eng katta, serqatnov yoʻllardan. Tunnel qurilishi natijasida transportlar harakatiga qulaylik oshib, tirbandlik bartaraf boʻldi. Uning uzunligi 120, kengligi qariyb 27 metr.

 

Rudakiy koʻchasida avtomobil va tramvay yoʻli, piyodalar va velosiped yoʻlaklari qurildi. Hudud obodonlashtirildi.

 

Shu yerda Samarqandda yoʻl infratuzilmasini yaxshilash boʻyicha kelgusi rejalar haqida maʼlumot berildi.

 

- Oxirgi yillarda Samarqand har tomonlama rivojlanayapti. Lekin hali odamlarga qulaylik va xavfsizlik jihatidan koʻp ish qilish kerak. Bu yerda ham yil sayin mashinalar koʻpayayapti. Yoʻllar, svetoforlar esa deyarli oʻsha-oʻsha. Shuning uchun bu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-amaliy markaz tashkil qilish maqsadga muvofiq. Ular xorij tajribasini oʻrganib, joriy etishi, qaysi yoʻlni kengaytirish, qayerga yoʻlak qurish, qayerda svetoforni olib tashlash boʻyicha taklif ishlab chiqishi kerak, - dedi Prezident.

 

Shavkat Mirziyoyev mazkur tunnel yaqinida, Boʻstonsaroy koʻchasida qurilgan galereya uslubidagi koʻprikni ham koʻzdan kechirdi.

 

Shu paytgacha yoʻlning Siyob kanali ustidan oʻtgan qismi ancha past boʻlib, yogʻingarchilik paytida transport va piyodalar uchun noqulaylik tugʻdirardi. Shu bois yoʻl 23 metrgacha koʻtarilib, eni 31 metrgacha kengaytirilgan. Yoʻlning ikki chetida himoya vositasi, shovqin kamaytiruvchi toʻsiqlar oʻrnatildi. Piyodalar va velosiped yoʻlaklari barpo etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//