Siyosat
Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va hududlardagi ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha 2022-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda davlat rahbari tabiatni ozoda tutish, ekologik madaniyatini oshirish borasida gapirdi.
«Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun biz tabiatga mehr va eʼtibor berishimiz, u bilan uygʻun boʻlib yashashimiz kerak.
Bu nima degani? Bu – tabiatni toza-ozoda tutish, yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash, daraxt ekib, bogʻ yaratish degani.
Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur.
Bugun koʻchaga yoki istalgan joyga qarang. Hamma joyda odamlar tashlab ketgan chiqindilarni koʻrasiz.
Biz ona yurtimizni muqaddas deymiz. Agar shu yurt, shu tuproq biz uchun muqaddas boʻlsa, nima uchun uni toza-ozoda saqlamaymiz?
Albatta, bunday muammolarni faqat maʼmuriy yoʻl bilan hal etib boʻlmaydi. Bunga yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish mumkin.
Mahallada, koʻchalarda chiqindi tashlagan kishini koʻrganda, “bu ishingiz notoʻgʻri boʻldi”, deydigan muhitni shakllantirishimiz, odamlarimizni bunga oʻrgatishimiz kerak. Bu – hammamizning ishimiz va insoniy burchimizdir» dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q