Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisiga birinchi oʻrinbosar tayinlandi

Saqlash
18:58 / 02.02.2022 907 0

Davronbek Maxsudov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqida qoʻmita matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlumot uchun, Davronbek Maxsudov 2004–2012-yillarda Prezident devoni xodimi, 2012–2018-yillarda Toshkent islom universiteti ilmiy kotibi, magistratura boʻlimi boshligʻi, Islomshunoslik kafedrasi mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 2018–2020-yillarda esa Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ISESCO kafedrasi mudiri hamda hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi birinchi prorektori va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

 

Avvalroq, qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Komilov Prezidentning jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangani va u Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori ham boʻlib qolishi haqida xabar bergan edik.

Prezident maslahatchisi lavozimini egallab kelgan Shoazim Shoislomovich Minovarov Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari sifatida faoliyatini davom ettirishi maʼlum qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//