Siyosat
Joriy yil 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tim Torlot bilan uchrashdi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, muloqotda Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, xalqaro hamjamiyatning Afg‘oniston inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Tomonlar, shuningdek, Afg‘oniston yo‘nalishida O‘zbekiston-Britaniya o‘zaro munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.
Buyuk Britaniya elchisi tranzit orqali O‘zbekiston Respublikasi hududidan o‘tayotgan Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalarni, shuningdek, mahalliy afg‘on xodimlarini evakuatsiya qilishda faol yordam ko‘rsatgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q