“Kinoteatr” telekanalida efirga uzatilgan filmda ochiq sahnalar namoyish etildi

Saqlash
21:45 / 01.02.2022 1143 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Kinoteatr” telekanali orqali efirga uzatilgan filmlarning birida ochiq sahnalar namoyish etilgani haqidagi lavha jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi. AOKA holat boʻyicha rasmiy bayonot berdi.

 

Qayd etilishicha, mazkur lavha 2021-yilning 31-yanvar kuni soat 22:00da efirga uzatilgan «Baunti» filmi namoyishidan olingan.

 

«Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan dastlabki oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish ishlari Agentlik tomonidan nazoratga olinib, ekspertlar tayinlandi.

 

Oʻrganish yakunlari yuzasidan tayyorlangan xulosa asosida “Kinoteatr” telekanaliga taqdimnoma hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga huquqiy baho berish uchun maʼlumot kiritiladi», deyiladi bayonotda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//